O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblari yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblari yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi
  • 4
  • 18.04.2024 16:44:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat san’at vakillariga mukofot topshirildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Emomali Rahmonning farmoni bilan tojik-o‘zbek madaniyati sohasidagi rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov, Og‘abek Sobirov va Yulduz Usmonova Tojikiston xalq xofizi, aktyor Yodgor Sa’diyev esa xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi.
O‘z navbatida, Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dotsenti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining F.Shaxobov nomidagi “Shoshmaqom” ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon Gʻafurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, A.Jo‘rayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi “Falak” ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Davlat rahbarlari faxriy unvonlar nishonlarini o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirdilar.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News