
- 3
- 01.07.2025 06:09:00
- 1 daq o'qish
Trampning migratsiya siyosati doirasida, Floridada atrofi timsohlar bilan o‘ralgan yirik migrantlar lageri qurilmoqda. Lager 5 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, “Timsohli Alkatras” deb atalmoqda. Loyiha qiymati yiliga 450 million dollarni tashkil qiladi.
Huquq himoyachilari va ekologlar bu tashabbusga norozilik bildirmoqda, chunki u insonlar hayoti va atrof-muhit uchun xavf tug‘diradi. Tramp bu borada izoh bermagan, ammo Ichki xavfsizlik vazirligi qurilishga ruxsat bergan.