
- 6
- 28.02.2025 09:17:00
- 1 daq o'qish
AQSHda Isroilga qarshi boykot va sanksiyalarni taqiqlashni nazarda tutuvchi “Isroil sodiqlik testi” qonuni keng tarqalmoqda. 26 ta shtat ushbu qonunni qabul qilgan bo‘lsa, yana 13 ta shtatda u ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda amerikalik RT telekanali jurnalisti Rik Sanchez ma’lum qildi.
AQSHda bungacha hech bir davlatga nisbatan shu kabi qonun qabul qilinmagan. Hatto Qo‘shma Shtatlarni qoralash, boykot qilish yoki AQSHga iqtisodiy zarar yetkazadigan g‘oyalarni targ‘ib qilishni taqiqlovchi qonun ham mavjud emas. Hozirda bu qonunga sudlar qanday javob berishini noma’lum. Ammo qonun qabul qilingan shtatlarda Isroilga qarshi harakatlar uchun fuqarolar jazolanishi mumkin.