Krishtianu Ronaldu: “Ishoning, Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan ancha kuchli!”

 Krishtianu Ronaldu: “Ishoning, Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan ancha kuchli!”
  • 4
  • 20.01.2024 12:42:00
  • 1 daq o'qish

 “Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Globe Soccer Awards” marosimida ishtirok etdi. U eng yaxshi to‘purar, Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi, muxlislar talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshisi deya e’tirof etildi. Tadbirda Ronaldu sovrinlarniu qabul qilib oldi va so‘zga chiqib, Saudiya chempionati haqida fikr bildirdi.

“Saudiya ligasining darajasi hozirda Fransiya chempionatidan yomon deb bo‘lmaydi. Fransiyada 2-3 ta yaxshi jamoa bo‘lishi mumkin, Saudiyada esa chempionat raqobatbardosh. Bir yildan buyon shu yerdaman. Ular nima desa deyaversin, bu mening shaxsiy fikrim. Ishoning, Saudiya ligasi Fransiya chempionatidan ancha kuchli” – dedi Ronaldu.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News