- 14
- 25.04.2026 16:57:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
5 dona baqlajon
5 dona pomidor
2 dona sarimsoq
1 bog‘lam kashnich
4 osh qoshiq anor siropi
Biroz tuz, murch va kunjut
Tayyorlanishi:
Birinchi baqlajonlarni po‘stini archib, tuzli suvda biroz ivitib qo‘yamiz. So‘ng, suvdan olib, yaxshilab quritamiz va kraxmalga bulab, qizigan yog‘da qovurib olamiz. Pomidor, sarimsoq va kashnichni mayda qilib to‘g‘raymiz. Hammasini bir idishga solib, ustidan tuz, murch va anor siropini qo‘shamiz. Oxirida kunjut sepib, yaxshilab aralashtiramiz va dasturxonga tortamiz!
Yoqimli ishtaha! 😋🤗🍽