
- 4
- 31.07.2023 08:22:00
- 1 daq o'qish
Surxondaryo viloyati Angor tumanida “Davron" ismli shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan I.Zafar o‘zining sha’riy nikoh asosida 2019-yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘idan tug‘ilgan X.Surayyoning chaqaloq farzandi B.Zafarovnani 35 mln so‘mga sotmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.
Ushbu ariza yuzasidan 19-iyul kuni soat 21:00 larda, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Angor tumanni hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I.Zafar o‘zining yashash uyida “Davron” ismli shaxsdan kimyoviy ishlov berilgan 1400 AQSh dollari hamda 10 mln so‘m pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan va xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
22-iyul kuni I.Zafarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.