
- 0
- 03.04.2025 14:27:00
- 1 daq o'qish
31-mart kuni Andijonning Izboskan tumanda joylashgan “Ahmadali hoji” masjidida portlash sodir bo‘lgandi. Aniqlanishicha, masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan. Bino ichida bo‘lganlarning 10 nafari turli jarohatlar bilan omon qolgan, 3 nafar shaxs esa voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.