
- 0
- 27.05.2025 15:05:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda ko‘p qavatli uylarni shartnoma orqali muddatli to‘lov asosida sotish bilan shug‘ullangan “In Fin Stroy Inves” va “Credit House” MChJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIV huzuridagi tergov departamenti mazkur ishni o‘z nazoratiga olgan. 800 dan ortiq fuqaro jabrlanuvchi deb topilgan, yetkazilgan zarar 209 milliard so‘m atrofida baholanmoqda, besh nafar ayblanuvchi o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
“Credit House” ishi uchun maxsus tezkor shtab tuzildi.
IIV jabrlangan fuqarolar maxsus tezkor shtabga (Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 62, telefon: (71 231-31-45) murojaat qilishlarini so‘radi.