
- 0
- 07.05.2025 16:15:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Uning o‘rniga maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) va boshqa muqobil ta’lim shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Muqobil ta’limga qabul kvotasi kunduzgi ta’lim natijasining 50%idan oshmasligi belgilandi. Mazkur me’yordan ortiq qabul – litsenziya talablari buzilishi sifatida baholanadi.
Shuningdek, barcha OTMlarda ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.