
- 8
- 01.11.2023 13:29:00
- 1 daq o'qish
“Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023” doirasida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar hamkorlikning borishi hamda istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Xususan, 2023-yilning oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekiston isteʼmolchilarini energiya bilan barqaror taʼminlashda “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo‘nalish alohida o‘rin tutishi, bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.