
- 3
- 18.09.2023 17:47:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 18-sentabr kuni soat 15:54 da UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo modellari uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilganini e’lon qilgan edi. Oradan 2 soat o‘tar-o‘tmay, kompaniya jarayon to‘xtatilgani ma’lum qildi.
"Bugungi kun holatiga ko’ra, Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining qo‘shimcha partiyasi uchun to‘liq shartnoma tuzildi", deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, 18-sentabr kuni ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 28 000 dan ortiq shartnoma imzolandi.
Manba: Uzreport.news