
- 5
- 23.09.2025 09:37:00
- 1 daq o'qish


⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistratura bo‘yicha to‘lov-kontrakt summalari tasdiqlandi:
Bakalavriatning kunduzgi shaklida eng qimmat kontrakt 11 million 250 ming so‘m, eng arzon kontrakt esa 7 million 400 ming so‘m etib belgilandi. Magistratura (masofaviy va kechki) uchun esa eng qimmat kontrakt 14 million 627 ming so‘m, eng arzon kontrakt 10 million 450 ming so‘mni tashkil etadi.
Moliyaviy mustaqillikka ega oliy ta’lim muassasalari kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar kontraktning kamida 25 foizini 2025-yil 30-oktabrgacha to‘lashi mumkin.
Shuningdek, 5 yildan ortiq ish stajiga ega va tavsiyanoma bilan qabul qilinganlar uchun kontrakt miqdori bazaviy qiymatdan ikki barobar qilib belgilanadi. O‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun esa 25-sentabrdan 3-oktabrgacha vakant o‘rinlarga qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi.