Toshkent—Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berildi

Toshkent—Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berildi
  • 1
  • 22.07.2026 16:30:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.


Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bo‘lgan ushbu loyiha doirasida uzunligi 282 kilometr, olti polosali zamonaviy avtomagistral quriladi. Yo‘l bo‘ylab 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi barpo etiladi.


Yangi yo‘l ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish vaqti 5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Magistral sutkasiga 60–80 mingta avtomobilni qabul qila oladi.
Loyiha Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida iqtisodiy faollikni oshirishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda yuk tashish xarajatlarini kamaytirishi kutilmoqda. Qurilish davomida logistika markazlari, sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlari ham tashkil etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News