O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasi qurilishi tezlashtiriladi

O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasi qurilishi tezlashtiriladi
  • 0
  • 11.08.2025 08:15:00
  • 1 daq o'qish

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik AES qurish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Loyiha barcha bosqichlarda MAGATE nazorati ostida, ilg‘or xavfsizlik talablari asosida amalga oshiriladi.

“Uzatom” rahbari Azim Axmedxodjayevning aytishicha, O‘zbekiston MAGATEning xavfsizlik bo‘yicha to‘rtta xalqaro konvensiyasiga qo‘shilgan. Tanlangan hududda xalqaro inspeksiyalar o‘tkazilib, ijobiy baho berilgan. Joriy yilda atrof-muhit va xavfsizlik baholash hujjatlari tayyorlanadi. Prezident ishlarni tezlashtirish topshirig‘ini bergan.

Avvalroq “Uzatom” va Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi yirik AES qurish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News