
- 4
- 23.11.2024 13:05:00
- 1 daq o'qish
Irlandiyada sud hay’ati sobiq MMA jangchisi Konor Makgregorni 2018-yilda ayol kishini jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topdi. Tajovuzga uchragan ayolga ko‘ra, Makgregor Dublindagi Beacon mehmonxonasida uni zo‘rlagan va kaltaklagan. Ekspertizada ayolda ko‘karish va shilinish izlarini aniqlagan. Makgregor o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlab, ayol bilan o‘rtasidagi munosabatlar uning roziligi bilan sodir bo‘lganini aytgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Makgregor jabrlanuvchiga 250 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Mazkur ish jinoiy tartibda emas, balki fuqarolik sudi doirasida ko‘rib chiqilgan. Bu Makgregorga qamoq jazosi tahdid solmaganini bildiradi.