O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin

O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin
  • 4
  • 29.05.2024 17:10:00
  • 1 daq o'qish

Toʻlanishi mumkin boʻlgan maksimal miqdor avtotransportga yetkazilgan zararlarni qoplashga yetarli boʻlmayotgani sababli sugʻurta tarifi miqdorini qayta koʻrib chiqish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi. 

Oxirgi yillarda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta tovonlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani hamda to‘lanishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor avtotransportga yetkazilgan zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmayotgani bo‘yicha transport vositalari egalarining murojaatlari soni ortib bormoqda. 

Jahon bankining statistikasiga asosan, O‘zbekistonda iste’mol narxi indeksi oxirgi 5 yil davomida 160 foizga oshgan, bundan tashqari, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘sishi 265 foizni tashkil etgan, bazaviy hisoblash miqdori esa 168 foiz o‘sish dinamikasini ko‘rsatgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News