
- 0
- 26.07.2025 08:38:00
- 1 daq o'qish
2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda avtotransport vositalarini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha eng yuqori to‘lov miqdori 40 million so‘mdan 80 million so‘mgacha oshiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, sug‘urta narxlari bozor mexanizmlariga asosan shakllantiriladi. Haydovchilar soniga cheklanmagan sug‘urta tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-apreldan yagona sug‘urta hisob tizimi ishga tushadi. Sug‘urtasiz avtomobil boshqarganlar uchun javobgarlik kuchaytirilishi rejalashtirilgan.