Raqobat qo‘mitasi Beeline’ning abonent to‘lovi tartibini ko‘rib chiqishni taklif qildi

Raqobat qo‘mitasi Beeline’ning abonent to‘lovi tartibini ko‘rib chiqishni taklif qildi
  • 0
  • 11.06.2025 13:04:00
  • 1 daq o'qish

 

Raqobat qo‘mitasi Beeline’ga oylik va kunlik abonent to‘lovi yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunga o‘tgan va bu yil davomida kelib tushgan murojaatlar sabab bo‘ldi. Asosiy shikoyatlar tarif narxlari oshishi, qo‘shimcha xizmat va pullik kontent xizmatlarga ulanishi, hisob-kitoblardagi muammolar, xizmat sifati va boshqa masalalar.
Fuqarolar oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmagan holda, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kunlik tarif rejasiga ulanishi, kunlik to‘lov yechib olinganidan so‘ng trafikdan foydalanish imkoniyati berilmayotganligi hamda boshqa noqulayliklar mavjudligi bildirgan.
Qo‘mita bu holatni to‘xtatish, abonentga kunlik xizmatni o‘z xohishiga ko‘ra yoqish imkonini berish hamda qarzga to‘lov undirmaslik yuzasidan Beeline’ga ko‘rsatma xati yuborgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News