
- 0
- 27.05.2025 15:04:00
- 1 daq o'qish
27-may kuni Oliy Majlisda “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilinib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.
‼️ Konvensiyaga qo‘shilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
— fuqarolik yadro obyektlarida sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilash;
— yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratish;
— milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yadro xavfsizligi sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash.
Ushbu yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlaydi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.