
- 2
- 28.07.2025 16:01:00
- 1 daq o'qish
Argentina Milliy dori vositalari va oziq-ovqat texnologiyalari boshqarmasi (ANMAT) 22-iyuldan boshlab Colgate Total Clean Mint tish pastasining sotilishini taqiqladi. Ushbu qaror mahsulotdan foydalangan fuqarolarda og‘izda yiringli yara, kuyish va yallig‘lanish kabi salbiy ta’sirlar kuzatilgani sababli qabul qilindi.
Braziliyada 11 mingdan ortiq, Argentinada esa kamida 21 ta salbiy holat qayd etilgan. ANMAT barcha dorixonalar va savdo shoxobchalaridan mahsulotni olib tashlashni buyurdi.