“Qahvali limonad”

  • 17
  • 18.09.2023 09:05:00
  • 1 daq o'qish

Limonad va qahvani aralashtirib “Qahvali limonad” tayyorladik.🥶 Issiq kunlarning so‘nggi kunlarida ushbu retseptni albatta tayyorlab ko‘ring.😍

Tayyorlash vaqti: 5 daqiqa
 
🍋Masalliqlar: 

🍋1 ta limon
🥄1 osh qoshiq asal
☕️1.5 qahva finjonida espresso (40 ml agar achchiq qahvani yoqtirsangiz, 2barobar qo‘shing)
💧50 ml mineral suv
🧊Muz
 
👩🏻‍🍳Tayyorlanishi: 
 
- Limonni tozalang va idishga soling, limon suvi, asal va muz bo‘laklarini qo‘shib, aralashtiring.
 
- Qahva tayyorlang. Espresso o‘rniga, filtrli qahva yoki yaxshilab filtrlangan turk qahvasidan ham foydalanishingiz mumkin. Biz granullangan qahvani faqat uning ta’mini yoqtirsangizgina foydalanishni tavsiya qilamiz. 
- Katta stakanni muz bilan to‘diring, limon aralashmasini stakanga solib, mineral suv qo‘shing.
- Nihoyat, qahvani sekinlik bilan qo‘shib, qahvali liminadni dasturxonga tortishingiz mumkin.
 
Yoqimli ishtaha 🤤

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News