Toshkentda Cobalt haydovchisi bir ayolni “kapot”da sudrab ketdi

  • 0
  • 24.05.2025 18:22:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda haydovchi bir ayolni “kapot”da sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat Toshkentning Yashnobod tumanida sodir bo‘lgani aytilgan. Cobalt haydovchisi avval mushukni urib yuborgan, so‘ng esa unga e’tiroz bildirgan ayolni mashina “kapot”i ustida taxminan 200 metr sudrab ketgan.
Kamera qaydiga ko‘ra voqea 23-may kuni soat 02:45 atrofida sodir bo‘lgan. Ayol haydovchidan mushukni veterinarga olib borishda yordam so‘ragan, biroq haydovchi mashinani haydab ketgan.
Ayolga tez yordam chaqirilgan. Uning tizzasi va tanasida ko‘karishlar aniqlangan. Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News