Andijonda aholiga ajratilgan 421,7 mln so‘mlik ko‘mir talon-taroj qilindi

Andijonda aholiga ajratilgan 421,7 mln so‘mlik ko‘mir talon-taroj qilindi
  • 3
  • 13.11.2023 07:58:00
  • 1 daq o'qish

“Ko’mir ta’minot” MCHJ ning Andijon viloyat filiali tasarrufidagi Andijon tuman ko‘mir ombor mudiri Sh.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 362,3 mln so‘mlik 1.220,0 tonna, shu kabi, Buloqboshi tuman ko‘mir ombor mudiri S.N. 178,3 mln so‘mlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman ko‘mir ombor mudiri y.Yu. 421,7 mln so‘mlik 1.419,9 tonna ko‘mirlarni go‘yoki fuqarolar olganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, ko‘mirni naqd pulga sotishib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilishgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlari Sh.B., S.N., va y.Yu. ga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

 

Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News