- 4
- 07.11.2023 14:14:00
- 1 daq o'qish
🥪 Uy sharoitida “Klab-sendvich” tayyorlaymiz. Oila a’zolaringizga albatta tayyorlab berib xursand qiling.
🧀Masalliqlar:
🍞Toster non;
🥒3 dona bodring;
🍅3 dona pomidor;
🍗400 gr tovuq filesi;
🍚Un;
🍶Yog‘
🥣Pishloqli sous
🥬Salat bargi;
🧀Pishloq;
🧂Ta'bga ko‘ra tuz va ziravorlar;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Tovuq filesini yupqa qilib kesib olamiz.
Pomidor va bodringni ham yupqa qilib kesib chiqamiz.
To‘g‘rab olingan tovuq filesining ikki tomoniga ziravorlar sepib, yaxshilab aralashtiramiz.
Keyin unga belab olamiz.
Yog‘da o‘rtacha olovda ikki tomonini qovurib olamiz.
Toster nonimizga pishloqli sous suramiz.
Salat bargi qo‘yamiz, ustidan tovuq va pishloq qo‘yamiz.
Nonning ikkinchi tarafiga pishloqli sous surib, pomidor va bodringni qo‘yamiz. Uchinchi nonga mayonez surib, yopamiz.
Sendvichlarimizni grill tovada ikki tarafini, ustidan bosib turgan holatda qizartirib olamiz.
Dasturxonga kartoshka fri va moyonez bilan tortsangiz bo‘ladi🥰
Yoqimli ishtaha😋