Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi
  • 7
  • 28.10.2023 08:44:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

"Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz.

Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling. Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

+972 54 485 1397", - deyiladi xabarda. 

Manba: uzreport.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News