- 0
- 21.05.2025 16:36:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanida ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqlagani haqida xabar bergandik. Jinoyatchi voqea joyidan yashirinish maqsadida shu atrofda bo‘lgan avtobusga qo‘lidagi pichoq bilan chiqib olgan. Keyin esa u hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan zararsizlantirib qo‘lga olingan. Shuningdek, uni qo‘lga olishda IIO xodimlariga fuqaro Vladimir Avdiyans ham faol yordam bergan.
Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi tomonidan alohida eʼtirof etilib, fuqaroga “Ichki ishlar vazirligining minnatdorchiligi” eʼlon qilindi va u 10 million so‘m miqorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ushbu holatni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan IIO xodimlari ham munosib taqdirlandi.