- 15
- 29.05.2025 15:04:00
- 1 daq o'qish
🍫Endi siz ham uyda Shokoladli qulupnay tayyorlay olasiz. Qani boshladik😍 Kimlar biz bilan🤓
🍓Masalliqlar:
Qulupnay;
Qora va oq shokolad;
1 choy qoshiq o‘simlik yog‘I;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Qulupnaylarni yaxshilab yuvib, quritib oling. Nam bo‘lsa, shokolad yopishmaydi.
Shokoladni bug‘ yordamida yoki mikroto‘lqinli pechda eritib, ichiga ozgina yog‘ soling, bu unga yaltiroq ko‘rinish beradi.
Qulupnayni, eritilgan shokoladga botiring va biroz silkiting.
Tayyor qulupnaylarni pergament qog‘oz ustiga terib, sovutgichda 15–20 daqiqa muzlatib qo‘ying.
Yoqimli ishtaha😋