
- 1
- 07.09.2026 11:14:00
- 1 daq o'qish
Biskviti uchun:
7 dona tuxum
bir chimdim tuz
250 gr shakar
8 gr vanilli shakar
150 gr un
50 gr kakao
1 choy qoshiq razrixlitel
Kremi uchun:
90 gr 20% li smetana
220 gr quyultirilgan sut
60 gr shakar
Ustki bezagi uchun:
200 gr shokolad
100 gr sariyog‘
Tayyorlanishi:
Birinchi idishga tuxum, shakar, vanilli shakar va tuzni solib yaxshilab ko‘pirtirib olamiz. So‘ng, alohida idishda quruq mahsulotlarni elab olib, aralashmaga qo‘shamiz. Tayyor bo‘lgan biskvit xamirini qolipga solib, 180 darajada 40 daqiqa pishiramiz. Kremi uchum barcha masalliqlarni ko‘pirtirib olib, biskvit qavatlariga surtamiz. Ustki qismi uchun xona haroratida erigan shokolad va sariyog‘ni yaxshilab aralashtirib, krem tayyorlaymiz. Kremni biskvit ustiga tekisq qilib surtib, 2 soatga muzlatgichga yuboramiz. Mazali shokoladli biskvitimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🤗🥰