Shokoladli tort🍰

Shokoladli tort🍰
  • 1
  • 07.09.2026 11:18:00
  • 1 daq o'qish

Kerakli masalliqlar:
4 dona tuxum
550 gr un
70 gr kakao
2 choy qoshiq vanelin shakari
15 gr razrixlitel
290 gr shakar
300 gr 6 foizli sut
120 gr o‘simlik yog‘i
0,5 choy qoshiq soda


Kremi uchun:
300 gr 45 foizli qaymoq
200 gr shakar
100 gr sariyog‘
300 gr sutli shokolad

Tayyorlanishi:
Birinchi idishda tuxum va shakar yaxshilab aralashtiriladi. Keyin, qolgan masalliqlar qo‘shilib, yana aralashtiriladi. Oxirida, 300 ml qaynoq suvga 2 osh qoshiq kofe solinib, biskvit xamiriga qo‘shib yuboriladi. Tayyor bo‘lgan massa, ikkita qolipga solinib, 160-170 gradusda 40 daqiqa pishiriladi. Kremi uchun, qaymoq, sariyog‘ va shakar gazda eritilib, shokolad ustida quyiladi. So‘ng, yaxshiliab, blenderda aralshtiriladi va muzlatkichda sovitib olinadi. Biskvitlar to‘rt qavatga bo‘linib, oralari va ustki qismiga shokoladli krem surtiladi. Tortning ustini hohishga ko‘ra bezatishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha❤☕️
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News