- 14
- 01.01.2025 12:31:00
- 1 daq o'qish
🎂Mehmonlar uchun hamda oilaviy mazza qilib iste'mol qilish uchun Choko nopoleon retseptini taqdim etamiz.😍
🧈Massalliqlar:
Un;
Tuxum;
Qaymoq;
Quyiltirilgan sut;
Kakao;
Margarin;
Ta'bga ko‘ra tuz va razrixlitel;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni xamir qilib olishdan boshlaymiz.
Unga tuxum razrixlitel, tuz, sariyog‘ solib xamir qoramiz va dam olishi uchun muzlatgichga 30 daqiqaga qo‘yamiz.
Kremi uchun, quyiltirilgan sut, qaymoq va margarinni mikserda yaxshilab aralashtirib olamiz.
Xamirni bo‘laklarga bo‘lib, yoyib duxovkada pishirib olamiz.
Pishirib olingan nopoleon xamirlarini ichiga ketma-ketlikda krem surtib chiqamiz.
Ustiga ortgan xamirlarni pishirib maydalab sepib chiqamiz.
Biz ustini golubika bilan bezatdik, siz o‘zingiz xohlagan meva bilan bezatishingiz mumkin.