Cho'zma

  • 10
  • 23.03.2023 13:48:00
  • 1 daq o'qish

Ramazon oyi kirib kelishi bilan har bir xonadonda pishirish urfga kirgan cho‘zmani “Lazzat dunyosi” oshxonasida tayyorlab ko‘rdik va uning retseptini sizlarga ulashmoqdamiz.

🧄Masalliqlar:
1. Un 
2. Sut
3. Xamirturush 
4. Yog‘ 
5. Ta’bga ko‘ra tuz va iste’mol sodasi
6. Suv

🍚Tayyorlanishi:
Sutga suv , xamirturush, tuz va iste’mol sodasi solib, o‘rtacha qattiqlikda  xamir qorib, 1soatga o‘rab qo‘yamiz.

Ko‘tarilgan xamirni zuvalachalarga bo‘lib, aylana shaklga keltirib, qizigan yog‘da pishirib olamiz.

Cho‘zmamiz tayyor, dasturxonga issiq holda tortishingiz mumkin😍

Siz ham uyingizda cho‘zma pishirdingizmi?
Qanday retseptdan foydalanganingizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News