Xitoyda ajrashayotgan ayol uy ishlari uchun sobiq eridan 35 ming dollar undirdi

Xitoyda ajrashayotgan ayol uy ishlari uchun sobiq eridan 35 ming dollar undirdi
  • 4
  • 22.03.2025 13:38:00
  • 1 daq o'qish

Xitoylik Xu ismli ayol 13 yillik nikohdan so‘ng sobiq turmush o‘rtog‘i Vandan uy ishlari uchun 35 ming dollar kompensatsiya undirdi. Ayol dastlab sobiq turmush o‘rtog‘idan yillar davomida bajargan uy ishlari uchun 7 ming dollar talab qilgan. Biroq sud uning holatini inobatga olib, to‘lov miqdorini 35 ming dollar etib belgiladi. Xitoy Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, agar tomonlardan biri bu majburiyatlarni bajarmagan bo‘lsa, ikkinchi tomon uy ishlari uchun kompensatsiya talab qilish huquqiga ega. Ayol turmushga chiqish uchun ishdan bo‘shagan va butun vaqtini qizini tarbiyalash va uy ishlarini tartibga keltirishga qaratgan. Turmush o‘rtog‘i esa uy ishlari bilan umuman shug‘ullanmagan. Shuning uchun ayol ushbu kompensatsiya uchun to‘la haqli hisoblangan.
Bu holatdan ajablanib, norozi bo‘lgan erkakka sud vakillari nikoh - bu ikki tomonlama mehnat ekanligini ta’kidlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News