Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik erkak deportatsiya qilinishi mumkin

Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik erkak deportatsiya qilinishi mumkin
  • 0
  • 20.09.2025 11:40:00
  • 1 daq o'qish

“Mehr va Oqibat” jamiyatining ma’lum qilishicha, 17-sentabrga o‘tar kechasi poytaxtlik ayol qo‘shnisi bo‘lgan xitoylik fuqaroning mushukni savatga solib, ustidan qaynoq suv quyayotganini videoga olgan. Videoda erkakning balkonga chiqib savatga qaynoq suv quyayotgani va mushukning undan chiqishiga yoʻl qoʻymayotganini koʻrish mumkin. Hayvonlarni himoya qilish jamiyati voqea yuzasidan IIV, Tashqi ishlar vazirligi va Xitoyning Toshkentdagi elchixonasiga rasmiy murojaat qilib, aybdorni qonun doirasida javobgarlikka tortish va uni deportatsiya qilishni so‘radi. Murojaatlarda hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun Ma’muriy javobgarlik kodeksining 111-moddasini qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News