Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib Oyning narigi tomonidan tuproq olib keldi

Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib Oyning narigi tomonidan tuproq olib keldi
  • 6
  • 26.06.2024 09:51:00
  • 1 daq o'qish

25-iyun kuni Xitoyga tegishli “Chan’e-6” zondi Oyning narigi tomonida to‘plangan tuproq namunalarini Yerga olib qaytdi. Missiya 53 kun davom etdi. Fazo kemasi joriy yilning 3-may kuni oyga uchirilgan edi. Taxminan bir oy o‘tib, 2-iyun kuni qurilma Oyning narigi qismida Janubiy qutb yaqinidagi Apollon krateriga qo‘nib, tuproq namunalarini yig‘ib qaytdi. Shu bilan Xitoy Oyning uzoq tomonidan namunalar to‘plagan va Yerga olib kelgan birinchi davlatga aylandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News