Xitoyda dunyodagi ilk sun’iy intellekt shifoxonasi ochiladi

Xitoyda dunyodagi ilk sun’iy intellekt shifoxonasi ochiladi
  • 1
  • 15.05.2025 08:32:00
  • 1 daq o'qish

 

Pekindagi Sinxua universiteti dunyodagi birinchi to‘liq sun’iy intellekt asosidagi “Agent shifoxonasi”ni tashkil etdi. Unda 14 ta virtual shifokor va 4 ta hamshira xizmat ko‘rsatadi.
Sun’iy intellekt kuniga 3 000 bemorga tashxis qo‘yib, davolash va boshqaruvni amalga oshira oladi. Tizim bir necha kunda 10 ming holatni ko‘rib chiqishga qodir — bu oddiy shifokorlarning ikki yillik ishiga teng.
Virtual shifokorlar AQSHning tibbiy litsenziya imtihonini 93% aniqlik bilan topshirgan. Shifoxona, shuningdek, tibbiy ta’lim olish uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
Loyiha hali ommaga to‘liq taqdim etilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News