
- 4
- 24.12.2024 15:53:00
- 1 daq o'qish
19-noyabr kuni Xuan Ven ismli shaxs Changde shahrining Dingcheng tumanidagi boshlang‘ich maktabga kiraverishda to‘planib turgan odamlar ustiga mashinasida borib urilgan edi. Hodisa oqibatida 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangan. 23-dekabrda Xuan Venning ishi sudda ochiq ko‘rib chiqildi va u jamiyatga xavf tug‘dirgan jinoyati uchun siyosiy huquqlardan mahrum qilinib, o‘lim jazosiga hukm etildi.