Xitoyda poraxo‘r amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xitoyda poraxo‘r amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindi
  • 0
  • 25.06.2025 09:44:00
  • 1 daq o'qish

 

Xitoyda 24-iyun kuni sud poraxo‘rlikda ayblangan sobiq amaldor Day Daojinni o‘lim jazosiga hukm qildi. Biroq, hukm ijrosi ikki yilga kechiktirildi.

Day Daojin — Xunan provinsiyasi Xalq siyosiy maslahat kengashi sobiq rais o‘rinbosari bo‘lib, u xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘ziga va yaqinlariga noqonuniy ravishda 107 million yuandan ortiq (15 million dollardan ko‘proq) moliyaviy boylik olgan.

Sud uni umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etdi, mol-mulkini musodara qildi va noqonuniy boylikni davlat xazinasiga qaytarishga hukm qildi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News