
- 0
- 14.04.2025 10:34:00
- 1 daq o'qish
Pekin va shimoliy Xitoyda shanba kuni 150 km/soat tezlikda esgan shamol oqibatida yuzlab aviareyslar va poyezdlar bekor qilindi. Bu shamol so‘nggi 50 yildagi eng kuchlisi deb baholanmoqda. Juma kuni aholiga uyda qolish tavsiya qilindi. Ba’zi OAV 50 kg dan yengil odamlar shamolda uchib ketishi mumkinligini ogohlantirdi.
Favqulodda xizmatlar o‘nlab jarohat olganlar va katta vayronagarchiliklar haqida xabar bermoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur dovul kuchi jihatidan tayfunga tenglashtiriladi.