Xitoyning tortishish qonuniga bo‘ysunmaydigan yo‘li

Xitoyning tortishish qonuniga bo‘ysunmaydigan yo‘li
  • 0
  • 26.08.2025 08:14:00
  • 1 daq o'qish

Janubi-g‘arbiy Xitoyda tog‘ bag‘ridan o‘tuvchi noodatiy yo‘l ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Lingpayshi” deb ataluvchi ushbu yo‘l atigi 453 metr uzunlikda bo‘lsa-da, unda 18 ta keskin burilish mavjud. Shuning uchun ham uni ko‘pchilik haydovchilarning “dahshatli tushi” deb ataydi.

Xavfli ko‘rinishiga qaramay, bu yo‘l Min-ju qishlog‘ining 137 aholisi uchun bebaho hisoblanadi. Chunki ular tashqi dunyo bilan faqat shu yo‘l orqali bog‘lanish imkoniga ega.

Bu yo‘lda mashina haydagan bo‘larmidingiz?✍️

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News