Xitoy TIV Fransiyadagi elchisining sobiq SSSR davlatlari suverenitetiga shubha bildiruvchi so‘zlarini inkor qildi

Xitoy TIV Fransiyadagi elchisining sobiq SSSR davlatlari suverenitetiga shubha bildiruvchi so‘zlarini inkor qildi
  • 5
  • 24.04.2023 16:19:00
  • 1 daq o'qish

Pekin barcha mamlakatlarning suveren maqomini hurmat qiladi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin. Vazirlik Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shayning Qrimni “aslida Rossiyaniki” deb atagan va sobiq Sovet davlatlarining suverenitetiga shubha bildirgan intervyusiga shunday izoh berdi.


“Tegishli masala bo‘yicha Xitoyning pozitsiyasi o‘zgarmagan. Hududiy suverenitetga kelsak, Xitoyning pozitsiyasi doimo aniq bo‘lib kelgan. Xitoy barcha mamlakatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomining maqsad va tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi TIV vakili.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News