
- 2
- 23.05.2026 09:29:00
- 1 daq o'qish
Xitoylik olimlar Jiuzhang 4.0 nomli dunyodagi eng tezkor kvant kompyuterini ishlab chiqdi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi.
Yangi qurilma eng murakkab matematik hisob-kitoblarni atigi 25 mikrosekundda bajarishi mumkin. Taqqoslash uchun, AQSHdagi eng kuchli El Capitan superkompyuteri shu vazifani bajarish uchun trillionlab yillarga muhtoj bo‘lishi aytilmoqda.
Jiuzhang 4.0 yorug‘lik zarrachalari — fotonlar asosida ishlaydi. Xitoy olimlari fotonlarning yo‘qolishini kamaytiruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqib, tizim samaradorligini sezilarli oshirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model bir vaqtning o‘zida 3050 tagacha fotonni boshqara oladi. Bu esa avvalgi Jiuzhang 3.0 modelidan bir necha baravar yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.