Xitoy kambag‘allikka qarshi kurash uchun Markaziy Osiyo davlatlariga 3,7 mlrd dollar ajratadi

Xitoy kambag‘allikka qarshi kurash uchun Markaziy Osiyo davlatlariga 3,7 mlrd dollar ajratadi
  • 6
  • 22.05.2023 08:07:00
  • 1 daq o'qish

Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 3,7 milliard dollar miqdorida yordam beradi. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi, shuningdek, ularning rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida ularga 26 milliard yuan (3,7 milliard dollar) miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi”, — dedi Si Szinpin.

Siyosatchi Xitoy Markaziy Osiyo bilan qashshoqlikni bartaraf etish sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik rejasini tuzishi, shuningdek, mintaqadagi Xitoy kompaniyalarini ko‘proq ish o‘rinlari yaratishga undashini bildirdi.

18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida Si Szinpin raisligida “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidentlari Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News