
- 17
- 18.04.2023 15:33:00
- 1 daq o'qish
Chillik o‘yini — O‘zbek xalq milliy o‘yini. O‘yin uchun tayoq “Enasop” va chilligi tayyorlanadi. Bu o‘yin ikkitadan bo‘lib o‘ynaladi. Bir bola yerda turgan chillikni tayoq bilan havoga ko‘taradi, ikkinchi bola o‘z tayog‘ini otib, chillikni urib uzoqqa yo‘naltirishi kerak bo‘ladi. Chillakni ura olmasa, tayog‘i tegmagan bola oldingi otilgan tayoqning egasini tayoq tushgan joygacha ko‘tarib boradi. So‘nggi yillarda bu o‘yin o‘ynalmay qolgan va faqat Navro‘z, xalq sayllarida eslanib o‘ynaladi.