
- 5
- 15.06.2024 15:24:00
- 1 daq o'qish
Chili
12-iyundan 14-iyungacha davom etgan kuchli yomg‘irlar Chilining janubi va markaziy qismidagi hududlarda vayronagarchiliklar keltirib chiqardi. Suv toshqinlari oqibatida 2000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi. 13-iyun kuni janubiy Linares shahrida bir kishi halok bo‘ldi. Ta'lim vazirligi yettita viloyat va poytaxtda darslarni to‘xtatib turishni buyurdi. Santyago va Bio Bio “halokat zonasi” deb e'lon qilingan. Hukumat suv bosgan barcha hududlarni evakuatsiya qilishni buyurdi.
Florida
11-iyundan beri Janubiy Florida shtatida kuchli yog‘ingarchilik va to‘xtovsiz suv toshqinlari sodir bo‘lmoqda. Hodisa sabab yo‘llar kanallarga aylangan, maktablar yopilgan va yuzlab reyslarni bekor qilingan. Tabiiy ofat tufayli shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan, yana ikki kishi jarohatlangan. Eslatib o‘tamiz, Floridada o‘tgan yili aprel oyida ham shu kabi suv toshqinlari ro‘y bergan, aholi uylarini ta'mirlashni endigina tugatgan edi.