Bolalar 5 yoshli qizaloqni pedofil qo‘lidan qutqarib qoldi

Bolalar 5 yoshli qizaloqni pedofil qo‘lidan qutqarib qoldi
  • 0
  • 01.06.2026 10:26:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Tyumen shahrida 44 yoshli mast erkak 5 yoshli qizaloqni ko‘p qavatli uyning kirish qismiga sudrab kirib, unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishga uringan. Qizaloqning qichqiriqlarini eshitgan bir guruh kichkina bolalar voqeaga aralashgan. Ulardan biri jinoyatchi bolani olib kirgan eshikni ushlab turib, atrofdagilarni yordamga chaqirgan. Shu atrofdan o‘tayotgan ayol bolalarning qichqirig‘ini eshitib darhol voqea joyiga yugurib kirgan. Keyinchalik ayol erkakning suratini olib, politsiyaga topshirgan. Tezkor qidiruv natijasida pedofil erkak qo‘lga olingan va hozirda u tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqda keng tarqalib, bolalarning vaqtida ko‘rsatgan yordami va jasorati barchani lol qoldirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News