
- 6
- 24.08.2023 10:49:00
- 1 daq o'qish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinishi toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.
Manba: UzReport.news