- 6
- 12.08.2023 09:00:00
- 1 daq o'qish
Bugun “Lazzat dunyosi” sizga “Qaymoq va qo‘ziqorinli tovuq” yengilgina kechki ovqat retseptini taqdim etadi.
Masalliqlar:
🍗500 gr tovuq filesi;
🍄300 gr qo‘ziqorin;
🥛250 gr qaymoq;
🧀250 gr motsarella (pishloq);
🧅piyoz 1dona;
🍚300 gr guruch.
👩🍳Tayyorlanishi:
🔪Tovuq filesi, qo‘ziqorinni o‘rtacha kattalikda to‘g‘rab olamiz.
🧅Tovaga yog‘ solib piyozni tilla rangga kirguncha qovurib, so‘ngra tovuq go‘shtini solamiz.
🧂Go‘shtni 10 daqiqa qovurgach, qo‘ziqorinni ham solib tuz sepib qovuramiz. 🥛Tovuq pishgach qaymoqni solib aralashtirib, ustidan pishloqni qirg‘ichdan chiqarib biroz muddatga dimlab quyamiz.
🍚Alohida tovaga ozgina yog‘ solib guruchni qovurib, tuz sepib, suv solib pishiramiz
Pishgan taomni xohishga qarab bezatib dasturxonga tortamiz.
Ushbu taom yozning issiq kunlarida tez tayyor bo‘lishi hamda oson hazm bo‘lishi bilan sizga ma’qul keladi degan umiddamiz.
Yoqimli ishtaha😋