Shivit osh

  • 8
  • 27.01.2025 10:09:00
  • 1 daq o'qish

🥗Juda ham mazali va o‘zgacha ta'mga ega Shivit osh retseptini taqdim etamiz😍

🧅Masalliqlar:

1 bog‘ shivit;
1 ta tuxum;
Tuz;
Suv;
400-500 gr un;
300 gr qiyma;
3 ta bulg‘or qalampiri;
2 ta pomidor;
1 ta sabzi;
1 ta piyoz;
2 bo‘lak sarimsoq piyoz;

👩‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni bir bog‘ shivitni maydalab olishdan boshlaymiz va  1 ta tuxum, tuz va ozgina suv bilan aralashtiramiz. 
Asta-sekin un solib, xamir qoramiz. 
Xamirni qorib bolganimizdan so‘ng dam oldirishga jo‘natamiz. 
Ungacha sabzavotlarni kvadrat shaklida to‘g‘rab olamiz.
Qozonga 100 ml yog‘ni quyamiz va piyoz, qiyma va rangli bulg‘or qalampirlarni ketma-ket qozonga solib qovuramiz va ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar qo‘shamiz. 
Undang so‘ng 100 ml miqdorda suv qo‘shib qaynatishga jo‘natamiz.
Dam olgan xamirni yoyib, to‘g‘rab olamiz  va xamirlarimizni qaynatib olamiz. Pishgan xamirlarimiz ustiga qiymani suzib olamiz hamda dasturxonga tortamiz. 

😋Yoqimli ishtaha!

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News