Surxondaryoda gilos pishdi

Surxondaryoda gilos pishdi
  • 4
  • 10.04.2023 16:42:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yil bahor mavsumining odatdagidan iliq kelishi tufayli ba’zi ertapishar meva va sabzavot mahsulotlari har yilgidan-da barvaqtroq pishib yetilmoqda.

Yaqinda Surxondaryoning qator tumanlarida erta piyoz hosili yig‘ishtirib olinayotgani haqida xabar berilgandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani, Yangiariq qishlog‘idagi aholi xonadonlaridan birida ilk bor bugun – 10 aprel kuni gilos pishib yetildi.

Xonadon sohibining xabar berishicha ushbu gilos ikki yil avval uy sharoitida olchaga payvand qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News