Bolalarni urushtirgan Chechenka tanqidga uchradi

Bolalarni urushtirgan Chechenka tanqidga uchradi
  • 2
  • 17.07.2025 10:16:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan taniqli bloger Chechenka o‘g‘li va jiyani o‘rtasidagi mushtlashuvni videoga olib, uni Instagram sahifasiga joylashtirgan videosini senator Jamila Bobonazarova keskin qoraladi. Videoda bloger bolalarni zo‘ravonlikka undagan: “pichoq ol”, “ko‘zingga vilka tiq”, degan so‘zlar bilan bolalarga pichoq uzatgan. Senator bolalar ombudsmanini vaziyatni tekshirishga chaqirdi va video muallifini psixiatrik ekspertizadan o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, vedomurojaatda ilgari ham yosh qizlarga zo‘ravonlik qilingan, uni omma oldida kaltaklagan va tilanchilikka majburlaganlik haqidagi videolar tarqalgan. Ammo huquq-tartibot idoralari va vasiylik organlari bu holatlarga loqayd qarab kelganligi qayd etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News